Xitoy hukumati yaqin beş yilda xalqaro innovatsion jarayonlarni rağbatlantiriş maqsadida "Bir makon, bir yöl" sohasida 50 transçegaraviy ilmiy-tadqiqot markazini yaratişni rejalaştirmoqda. Bu haqida "Bir kamar - bir yöl" forumi oçilişida XXR raisi Si Tszinpin ma'lum qildi. 

"Xitoy innovatsiyalar sohasida boşqa mamlakatlar bilan hamkorlikni faollaştirişdan, "kamar va yöl" ilmiy-texnik mexanizmini işga tuşirişdan manfaatdor, - dedi Xitoy yetakçisi. - Şu maqsadda boşqa mamlakatlar bilan hamkorlikda 50 ilmiy markaz yaratiladi".

Uning sözlariga köra, yaqin beş yilda Xitoy bu maqsad yölida 2,5 mingdan ziyod yoş xorijiy ilmiy mutaxassisni jalb qiladi, ular qisqa muddatlarda tadqiqot loyihalarini amalga oşirişga kirişadi. XXR hukumati şuningdek ilmiy-texnik sohaga ixtisoslaşgan 5 mingga yaqin boşqaruvçini tayyorlaş niyatida. 

XXR Davlat kengaşi vitse-premeri Çjan Gaolining ta'kidlaşiça, Xitoy hukumati yaqin beş yilda mamlakatga olib kirilayotgan tovarlar importi 8 trillion dollarni taşkil qilişini prognoz qilmoqda. 

"Kelgusi beş yilda Xitoy 8 trillion dollarlik tovarlarni import qiladi, 600 milliard dollarlik sarmoyalarni jalb qiladi va xorijga 700 million safar uyuştiradi", - dedi u.