Davlat soliq xizmati organlarida örnatilgan «Işonç telefonlari» orqali ötgan hafta davomida (2 maydan 9 mayga qadar) jami 238 ta, şundan 5 ta yuridik şaxslar va 233 ta jismoniy şaxslarning murojaatlari qabul qilingan. Bu haqda Kun.uz'ga Davlat soliq qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Murojaatlarning aksariyatida tegişli tartibda davlat röyxatidan ötmasdan noqonuniy faoliyat yuritiş, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda tölovlarni bank plastik kartoçkalari orqali amalga oşirişda hisob-kitob «Terminal» apparatlari işlatilmayotganligi, xarid çeki bermaslik holatlari qayd etilgan.
Jumladan, fuqarolar murojaati asosida ötkazilgan nazorat tadbirida Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro A.Z. amaldagi qonunçilikka zid ravişda davlat röyxatidan ötmasdan «tadbirkorlik» faoliyatni amalga oşganligi aniqlandi. Natijada undan 5 turdagi 3 million 640 ming sömlik nooziq-ovqat mahsulotlari daliliy aşyo sifatida olindi.
Şu tumanda istiqomat qiluvçi fuqaro Q.M. ham tegişli tartibda davlat röyxatidan ötmasdan soliqlardan qoçib noqonuniy faoliyat yuritayotganligi ma'lum böldi. Nazorat tadbiri davomida undan 8 turdagi 13 million 370 ming sömlik nooziq-ovqat mahsulotlari daliliy aşyo sifatida olindi. Angor tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro B.V. tegişli hujjat rasmiylaştirmasdan «tadbirkorlik» faoliyatni amalga oşirgan. Natijada undan jami 14 million 545 ming sömlik nooziq-ovqat mahsulotlari daliliy aşyo sifatidan olindi.
Buxoro viloyati Vobkent tuman Imom Buxoriy köçasida faoliyat körsatuvçi «VOBKENT YO’LOVCI SERVIS» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli avtoturargoh xizmati körsatiş şoxobçasida ötkazilgan nazorat tadbirida şoxobça xodimi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-sonli qarori talablarini qöpol tarzda buzib, avtoturargohdan foydalanuvçilarga xarid çeki bermagan va bu bilan daromadini yaşirişga uringan. Şuningdek xizmat körsatiş şoxobçasi ğaznasida nazorat kassa maşinasi xotirasiga qayd qilinmagan naqd pullarning borligi ham aniqlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.
Vobkent tumanida tuman davlat soliq inspeksiyasi hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qiliş boş boşqarmasining viloyat bölimi xodimlari tomonidan «Vobkent markaziy bozori»da ötkazilgan nazorat tadbirida 11 nafar fuqaroning hujjatsiz ravişda faoliyat yuritayotganligi aniqlangan.
Olib borilgan tuşuntiriş va profilaktik işlar natijasida uşbu fuqarolarning barçasi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötib, faoliyatini qonuniy yölga qöydi.

















