Özbekiston va Xitoy Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga ilk davlat taşrifi doirasida umumiy qiymati 22 mlrd dollardan oşadigan 105 ta hujjatni imzoladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi Azim Ahmadxöjayev ma'lum qildi. 

Ahmadxöjayevning ta'kidlaşiça, Özbekiston va Xitoy energetika, nasos stansiyalarini modernizatsiyalaş, qişloq xöjaligi, neft-gaz, kimyo, transport kommunikatsiyasi va import örnini bosuvçi mahsulotlarni işlab çiqariş sohalarida hamkorlik qiladi.  

Ahmadxöjayevning aytişiça, Xitoyning işbilarmonlik doiralari Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirişga qiziqiş bildirişmoqda. Uning ta'kidlaşiça, Xitoy kompaniyalari Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişga öz hissalarini qöşişga tayyorlar.