Hindistonning Bihar ştatida yölovçi avtobusining ağdarilib ketişi oqibatida kamida 5 kişi halok bölib, 50 kişi jabrlangan. Bu haqda PTI politsiyaga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Qurbonlar orasida ikki nafar voyaga yetmaganlar ham borligi aytilmoqda. Bundan taşqari, jabrlanganlardan 12 nafarining ahvoli juda oğirligi ta'kidlanmoqda. 

Yöl-transport hodisasi yarim tunda Navada okrugida röy bergan. Politsiya vakili Avadxeş Kumar sözlariga köra, haydovçi transport vositasi boşqaruvini yöqotgani sababli zovurga qulab tuşgan. Politsiya vakilining aytişiça, haydovçi rulda uxlab qolgani ham ehtimol.