Harvard Business Review naşriga bergan intervyusida Lego Group sobiq boş direktori Yorgen Vig Knudstorp (u 2017 yilning 1 yanvaridan boş direktorlikdan iste'fo berib, LEGO brendini yangi bozorlarda rivojlantiriş bilan şuğullanuvçi LEGO Brand Group direktorlar kengaşini boşqarmoqda) xaridorlarning mehrini qozoniş sirlari, ular örganib qolgan odatlarning xususiyatlari va kompaniya tomonidan har yili bolalar va ularning ota-onalariga taqdim etiladigan yangi yeçimlar haqida gapirib berdi.
HBR: — LEGO mahsulotlariga bölgan mehr aslida şunçaki odat ekanligi xususidagi fikrlarga qöşilasizmi?
Knudstorp: — Menimça, bu odatdan ham yuksakroq narsa. 13 yil muqaddam, men LEGOni boşqara boşlaganimda guruh inqiroz yoqasida edi. Mijozlar «Yopilib ketmanglar! Dunyo LEGOsiz juda köp narsani yöqotadi!» deb xatlar yozişgandi. Agar mijoz biror bir markaga hissiyoti bilan boğlangan bölsa, uni qölga kiritiş uçun hamma narsaga tayyor va aminmanki, bunday tanlov ongli ravişda amalga oşiriladi. Masalan, odamlar tunu-kun navbatga turib, qölga kiritişadigan iPhone 7’ning xaridi ham avtomatik röy bermaydi, albatta.

Tabiiyki, har qanday mahsulotga ham hissiy aloqa boğlanmaydi. Aviakompaniyalar va mehmonxonalarning sodiqlik dasturi joriy etişlariga sabab, ularning xizmati kamdan-kam holatlarda ruhiy ehtiyoj keltirib çiqarişida. Içimizdan heç kim özini u yoki bu mehmonxona tarmoğining muxlisi, deb atay olmasa kerak. Lekin «Tide» singari kundalik işlatiladigan mahsulotlarni marketing nuqtai nazaridan ilgari surişda beixtiyorlikka murojaat qiliş zarur: unday narsalarni biz avtomatik ravişda xarid qilamiz.
Lekin biznikiga öxşaş mahsulotlar —bolalar uçun möljallangan öyinçoqlar, ularning rivojlanişiga ta'sir ötkazuvçi buyumlarni odamlar faqat tanlov oson bölgani uçungina xarid qilişmaydi. Bu yerda ong işga aralaşadi: insonga özi uçun nima muhimroq ekanligini aniqlab oliş uçun. Bolalarga şunçaki LEGO öynaş yoqadi, lekin ular ulğaygaç, bu boğlaniş xotirasida qolib ketadi va ular bu boğlanişni farzandlariga uzatişadi. LEGOni yoşligida öynab körganlarga sotiş juda oson. Şu sababli biz rivojlanayotgan bozorlar uçun alohida yondaşamiz: çunki u yerda iste'molçilarning dastlabki avlodi vujudga kelmoqda.
— Xöş, bu hissiy boğlanişda odatning ham uluşi bormi-yöqmi?
— Albatta, bor. Aynan odamlarning odatlaniş vositasida biz munosabatlar örnatamiz. Takrorlar alal-oqibatda qadriyatlarni şakllantiradi. Biz agar bolalarni yotiş oldidan tişini yuvişga odatlantira boşlasak, avvaliga ular bunga qarşilik qilişadi. Biroq vaqt utişi bilan ularga tişini yuvmasdan yotiş noqulaylik keltirib çiqara boşlaydi. Nihoyat, ular tişini yuvib uxlaşni yaxşi odat ekanligini anglay boşlaşadi. Brend bilan ham xuddi şu holat: agar siz uni qadriyatga va xaridorlarning siz haqingizdagi tasavvurlari bir qismiga aylantira olgan bölsangiz — bu raqobatda katta ustunlik degani. Lekin hammasi insonlarni brendga köniktirişdan boşlanadi.

— Xöp, bu LEGO Group’da qanday amalga oşiriladi?
— Odamlar bizning ğiştçalarimizdan nimanidir qurişga odatlanişi uçun, ular eng oddiysidan boşlaşlari kerak. Keyinçalik, ular murakkab konstruksiyalarga öta boşlaşganida ularda öziga xos mahorat va uslublar paydo böladi. Biroq ularning qalbi turli özgarişlar uçun oçiq böladi — axir kimdir ularnikidan ham oson va qulayroq narsa öylab topişi mumkin-da. Har yili dunyo böylab yuzlab LEGO muxlislari yiğilişlari ötkaziladi, unda elementlarni birlaştirişning yangi usullari namoyiş etiladi — oçiği, bunday rang-baranglik kompaniyamizning tuşiga ham kirib çiqmagan. YouTube’ga kiring, ana — odamlar aql bovar qilmas narsalar yasaşayapti. Mana, mening qölimda yigirmaga yaqin detallardan iborat figura turibdi, undan millionga yaqin turli konstruksiya yasaş mumkin. Quriş istagi insonlarga xos, ular doimo öz qöllari bilan nimadir qurişni istaşadi, biz esa buning uçun platforma taqdim etamiz.
— «Könikiş»ni nimadan boşlaş kerak?
— Odat şakllanişi uçun maksimal darajada oddiyroq biror narsadan. Neyrobiologlardan birining menga aytişiça, miyaning operativ xotirasi bor yöği 20 megabayt ekan. Bu esa telefondagi törtta fotosurat hajmi degani.
Yillar ötib, bizning imkoniyatlarimiz qisqara boradi. Yaqinda NASA tomonidan ötkazilgan tadqiqotlarning körsatişiça, 25 yoşga borib 5 yoşligimizdagi kreativlikning 5 foizigina qolar ekan. Ya'ni miyamizni ortiqça yuklab qöyiş juda oson. Şu sababli biz 12 talab model yasaş mumkin bölgan töplamlarni taqdim etmaymiz: qiziqarli bölsa uçtasi ham yetadi.

— Öyinçoqlar sanoatida doimo yangi va hayratlanarli narsa taqdim etib turiş muhim. Biroq, biror narsa odatga aylandimi, uning natijasini oldindan aytiş ham osonlaşadi. Bu borada muvozanatga qanday erişayapsizlar?
— Siz mutlaqo haqsiz: bolalarga yangilik kerak, şu sababli biz har yili assortimentimizni 60 foizga yangilaymiz. Lekin taniqliligimizga putur yetkazmagan holda, çunki baribir platforma yagonaligiça qolaveradi. Ehtimol, biz jahonda eng platformasi özgarmas öyinçoq firmasi bölsak kerak. Har bir yangi töplam 12 taça model yiğiş imkoniyatini beradi, boz ustiga, avval işlab çiqarilgan mahsulot bilan yaxşi uyğunlaşadi, bu esa ehtimolli konstruksiyalar sonini karrasiga oşiradi. Agar bolada avval xarid qilingan LEGO konstruksiyasi bölsa, yangisi şunçaki yangi öyinçoq emas, balki yangi konstruksiyalarni yaratiş uçun platformaning kengayişini bildiradi. Boz ustiga, bu yuqimli va biz uçun yoqimli holat: qançalik köp bolakaylar LEGO öynaş bilan maşğul bölişsa, ularning taniş tengdoşlari şunçalik köp bu işga jalb etiladi, ular öz töplamlarini birlaştirib, yanada qiziqroq konstruksiyalar quriş bilan maşğul bölişadi.












