Singapur hukumati tuğiliş darajasini oşiriş maqsadida yangi rağbatlantiruvçi çora-tadbirlar paketini işlab çiqdi. Unga köra, ota-onalarga har bir farzand uçun 55 ming dollardan köproq moliyaviy yordam körsatiladi, deya xabar berdi Financial Times.

Boş vazir Lourens Vong 23-avgust kuni parlamentga qilgan murojaatida farzandli oilalarga beriladigan tölovlar va bola parvarişi taʼtili tizimi qayta körib çiqilişini maʼlum qildi. Uning taʼkidlaşiça, hukumat farzand körişni istayotgan singapurliklarga oila quriş va bolalarni tarbiyalaşni osonlaştirişga qaratilgan qöşimça imkoniyatlarni taqdim qilmoqçi.

Singapur aholisi 6 milliondan sal köproqni taşkil etadi. 2025-yilda mamlakatda tuğiliş darajasi tarixdagi eng past körsatkiç - bir ayolga örtaça 0,87 nafar farzandni taşkil qilgan. 2024-yilda bu körsatkiç 0,97 bölgandi. Dunyo böyiça eng yomon körsatkiç esa Janubiy Koreyada qayd etilgan - 0,8.

Demograflarga köra, sof immigratsiya bölmagan şaroitda aholi sonini barqaror saqlab qoliş uçun tuğiliş koeffitsiyenti kamida 2,1 bölişi kerak.

Tuğiliş darajasining pasayişi va tibbiyotdagi yutuqlar natijasida aholining umr köriş davomiyligi ortib borayotgani Singapurni «öta qarigan» jamiyatlardan biriga aylantiryapti. BMT tasnifiga köra, aholining 21 foizidan köproğini 65 yoşdan oşganlar taşkil etsa, mamlakat «öta qarigan» jamiyat hisoblanadi. 2030-yilga borib har tört singapurlikdan biri uşbu yoş çegarasidan ötişi kutilyapti.

«Har bir oila şuni bilişini istaymiz: agar farzandli bölişga qaror qilsangiz, hukumat siz bilan birga böladi. Biz köproq yillar davomida yanada katta yordam körsatamiz», - dedi Vong.

Uning sözlariga köra, hukumat oilalarga har bir farzand uçun u 17 yoşga tölguniga qadar qariyb 70 ming Singapur dollari (55,15 ming AQŞ dollari) miqdorida töğridan töğri moliyaviy yordam beradi.

Bu mablağ tarkibiga bola tuğilganda beriladigan 10 ming Singapur dollari hamda uning keyingi taʼlimi uçun ajratiladigan yana 10 ming dollar yordam puli ham kiradi.

Bola parvarişi uçun beriladigan nafaqa ham kengaytiriladi. Ayniqsa, serfarzand oilalarga köproq yordam körsatiladi. Bunda xarajatlarning asosiy qismini hukumat iş beruvçilarga qoplab beradi. Şuningdek, farzandli oilalar uçun birinçi uy-joyni sotib oliş jarayoni ham soddalaştiriladi.