Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida respublika bo‘yicha jami 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.
Tug‘ilishlar otalarning yosh guruhlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng katta ulush 25–39 yoshli erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yosh toifasidagi 309 182 nafar erkak ota bo‘lgan.
Shuningdek, 25 yoshgacha bo‘lgan otalar soni 34 526 nafarni, 40–59 yoshdagilar esa 29 403 nafarni tashkil etgan.
60–69 yosh oralig‘idagi 249 nafar erkak ham 2026-yilning birinchi yarmida farzandli bo‘lgan.
Eng yuqori yosh toifasida - 70 yosh va undan katta erkaklar orasida esa 29 ta otalik holati qayd etilgan.








