Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Obodonlaştiriş boş boşqarmasi hamda Mustaqillik maydonini kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş va saqlaş departamenti, şuningdek ixtisoslaştirilgan boşqarmalar xodimlariga obodonlaştiriş sohasidagi uzluksiz umumiy iş staji (uzoq muddatli xizmati) uçun har çorakda mukofot tölanadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toşkent şahrini obodonlaştiriş işlarini taşkil etişni takomillaştiriş tadbirlari töğrisida»gi qarorida keltirilgan.

Unga köra, 1 yildan 3 yilga qadar tanaffussiz işlagan xodimlarga har çorakda oylik maoşining 30 foizi qöşib beriladi. 3 yildan 5 yilga qadar tanaffussiz işlagan xodimga oylik maoşining 60 foizi miqdorida mukofot beriladi, 5 yildan 10 yilgaça stajga ega xodim uçun oylik maoşining 80 foizi miqdorida mukofot tayinlanadi. 10 yildan köp vaqt davomida xizmat qilgan xodimga esa har çorakda bir oylik maoşiga teng mukofot yoziladi.