Özbekiston böylab 28-iyuldan 6-sentabrga qadar «Dolzarb 40 kunlik» tozalik tadbirlari ötkazildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş agentligi xabar berdi.

Tadbirlar doirasida sanitar tozalaş va obodonlaştiriş xizmatlarining tun-u kun navbatçiligi taşkil etildi. Hududlardan çiqindilarni olib çiqiş işlariga har kuni örtaça 4,5 mingta maxsus texnika va 10 mingdan ortiq soha xodimi jalb qilindi.

Agentlik maʼlumotiga köra, respublika böyiça bir kunda örtaça 30–40 ming tonna çiqindi olib çiqildi. 40 kun davomida jami 1 mln 400 ming tonna qattiq maişiy va 2 ming tonna quriliş çiqindisi olib çiqilib, utilizatsiya qilingan.

Şuningdek, respublikadagi 8 150 ta mahallaning 7 674 tasi tozalik tadbirlari bilan töliq qamrab olindi.

Tadbirlar davomida çiqindilarni belgilanmagan joylarga taşlaş bilan boğliq 97 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Qoidabuzarlarga jami 165,4 mln söm miqdorida maʼmuriy jarima qöllangan.

Fuqarolardan tozalik va çiqindilar bilan boğliq 327 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 275 tasi joyida hal etilgan, yana 52 tasi örganiş jarayonida.

Bundan taşqari, Çiqindi poligonlarini boşqariş direksiyasi tomonidan ham «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari amalga oşirildi.

Maʼlum qilinişiça, respublika böyiça umumiy maydoni 1 653 gektar bölgan 135 ta qattiq maişiy çiqindi poligonida har kuni örtaça 4,5–4,7 mingta qatnov amalga oşirilgan. Poligonlarga bir kunda 14–15 ming tonna çiqindi qabul qilinib, joylaştirilgan.