«Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, 2026-yil 1-oktabrdan respublikada tozalik va ozodalik dolzarb 2 oyligi ötkaziladi.
2026-yil 1-oktabrdan boşlab yaşil hududlar joylaşuvini aniqlaş, yerlarni tayyorlaş, köçat va butalar zaxirasini yaratiş çoralari köriladi.
Köçat va butalarni ekiş mavsumi:
2026-yil 1 noyabrdan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida;
2026-yil 5-noyabrdan Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
2026-yil 10-noyabrdan Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toşkent va Farğona viloyatlari hamda Toşkent şahrida;
2026-yil 20 noyabrdan Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida boşlanadi.
2027-yil 1-yanvardan «Yaşil mahalla» loyihasi doirasida «Mahallani yaşillaştiriş» paketi joriy etiladi.
«Yaşil mahalla» loyihasi doirasida mahallalarga Örmon agentligi tomonidan örmonçi-murabbiy xodim biriktiriladi.
Bunda «mahalla yettiligi» aʼzolari örmonçi-murabbiy tomonidan har ekiş mavsumi boşlanişidan oldin bir marotaba qisqa öquv kurslarida öqitiladi.








