Navoiy şahri hokimligi «Hayot» mahallasida amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari haqidagi suratlarda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanilganini tan oldi va uzr söradi.
Ma’lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarga materiallarni tayyorlaş va joylaştiriş jarayonida mas’ul xodimlar tomonidan «e’tiborsizlikka yöl qöyilgan». Mahalla hududidagi özgarişlarni «körgazmali va sifatliroq formatda» taqdim etiş maqsadida dizayn jarayonida sun’iy intellekt elementlaridan foydalanilgan hamda uşbu materiallar tekşiruvdan ötkazilmasdan e’lon qilingan.
Hokimlik uşbu holat va jamoatçilikning örinli e’tirozlari uçun uzr sörab, materiallarni tayyorlaşga mas’ul bölgan xodimlar ogohlantirilganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, «Hayot» mahallasida aholi turmuş şaroitini yaxşilaş borasida haqiqatda ham qator amaliy işlar bajarilgan. Natijalar sun’iy emasligi, balki real ekanini körsatiş maqsadida rasmiy munosabatga hududning bugungi kundagi haqiqiy (işlov berilmagan) foto va video lavhalari ilova qilingan.
Navoiy şahrining «Hayot» mahallasida olib borilayotgan işlar haqidagi fotohisobot 2-avgust kuni hokimlik tomonidan e’lon qilindi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari suratlardagi ayrim detallar sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida özgartirilgan bölişi mumkinligiga e’tibor qaratdi. Jumladan, eskirgan devor, köçgan suvoq va qarovsiz hududlar deyarli ideal darajada yangilangan. Suratlar sun’iy intellekt yordamida maxsus servisda tekşirilganda işlov berilganlik belgilari aniqlangan edi.












