Saylga çiqiş, bayram kayfiyatida böliş va odamlarning bir kunini mazmunli ötkaziş uçun uydan taşqarida böliş şartmi? Yöq, deb javob bergandek taassurot qoldirdi Murad Buildings. Xöş, qanday qilib?

Çilonzor tumanida barpo etilgan Green City uy-joy majmuasi 14-may, yakşanba kuni öz bağrida Toşkent şahrida istiqomat qilayotgan va şahrimizda mehmon bölayotgan kişilarni jam etdi. Siz bunda Murad Buildings bunyod qilgan gözallikdangina bahramand bölibgina qolmay, balki stol tennisida öz omadingizni sinab körişingiz ham mumkin edi.
Adaşmadingiz, bu bizda stol tennisi nomi bilan tanilgan öşa maşhur sport turi. Deyarli har birimiz bir marta bölsa-da, kiçik raketkada şarçaga zarba berib körganmiz. Murad Buildings mana şunday muvaffaqiyatli zarbalar evaziga qimmatbaho sovğalarni va'da qildi. Eng asosiysi, barçadan ustun kelgan omadli çempion zamonaviy bolalar maydonçasining egasi böliş imkoniyatini taqdim etdi.

Green City’ning hovlisida şu kuni 20 ta tennis stoli örnatildi. Ularning teng yarmi taşrif buyuruvçilar könglini oliş uçun xizmat qildi. Qolgan yarmida esa Murad Buildings musobaqasida iştirok etiş istagani bildirgan 256 havaskor çempionlik uçun kuraş olib bordi.
Nega aynan stol tennisini tanlab oldik? Çunki uni istalgan odam öynaşi mumkin. Maqsadimiz ham atrofimizga professional sportçilarni emas, aynan havaskor iştirokçilarni yiğiş edi va biz bunga muvaffaq böldik. Kelgusida şaxmat böyiça ham turnir taşkil qiliş rejamizda bor. Unda ham har qanday qiziquvçi bemalol iştirok etişi uçun şaroit yaratib berişni niyat qilganmiz.
Murod Nazarov, Murad Buildings asosçisi va rahbari
Taşkilotçilar öz va'dasida turdi va stol tennisining professional ustalarini emas, aynan oddiy havaskorlarni turnirga jalb qildi. Öyinlarni nazorat qiliş, hakamlik işlariga javob beriş va umuman havaskor iştirokçilarga dalda böliş maqsadida Murad Buildings Özbekiston Stol tennisi federatsiyasi bilan hamkorlik qildi. Şu kuni mamlakat terma jamoasi katta murabbiyidan tortib, taşkilot mutaxassislariga qadar Green City maydonida hozir böldi.
Murad Buildings vakillari federatsiyaga kelib, stol tennisi böyiça turnir ötkaziş taklifini berişdi va biz ham bu işga bajonudil rozi böldik. Çunki odatda ommaviy sport musobaqalarini ötkaziş uçun katta mablağ kerak deb aytişadi. Aslida esa gap faqatgina pulda emas, şunçaki uni qanday taşkil qilişni biliş kerak. Biz köryapmizki, Murad Buildings vakillari şunday darajaga çiqib ulgurgan. Çunki bugun odamlar faqatgina stol tennisi öynaş bilan çeklanmadi, bugun ular uçun haqiqiy bayram uyuştirildi.
Saida Mahmudova, stol tennis böyiça Özbekiston termasi katta murabbiyi

256 havaskor orasidan tört nafar omadlilar yarim finalga qadar yetib keldi: Azizbek Mamasodiqov, Zarif Begulov, Umar Abdullayev va Nikolay Kudryavtsev. Ularning har biri Samsung Galaxy A5 smartfoniga ega çiqdi. Asosiy sovrin hali oldinda bölib, buning uçun musobaqada ğolib çiqiş talab etilardi.
Hal qiluvçi öyinda 25 yoşli Azizbek Mamasodiqov 62 yoşni qarşi olgan va şu kuni köpçilikning olqişiga sazovor bölgan Nikolay Kudryavtsev iştirok etdi. Sirğali dahasida yaşovçi nuroniy turnirda ğolib çiqqan holda, Murad Buildings sovğa qiladigan zamonaviy bolalar maydonçasini nabiralariga sovğa qilişni niyat qilgandi. Ammo hal qiluvçi öyinda omad TTZ 4 dahasidan taşrif buyurgan Azizbek Mamasodiqovga kulib boqdi. Nikolay Kudryavtsev esa 256 nafar iştirokçi orasidan finalga yetib kelgani Green City mehmonlarining olqişiga sazovor böldi. Ğolib istagiga binoan, endi Murad Buildings Green City’dagisi kabi zamonaviy bolalar maydonçasini uning mahallasida qurib beradi.

KDB bankida faoliyat olib boraman. Hamkasbim Murad buildings stol tennisi böyiça musobaqa ötkazilayotgani haqida aytib qoldi. Facebook orqali unda iştirok etiş şartlaridan voqif böldim. Şunçaki qiziqiş sabab, mahalladagi döstlarim bilan stol tennisi öynab turardik.
Töğrisini aytsam, ğolib çiqiş xayolimga ham kelmagandi. Endi esa özim istiqomat qiladigan TTZ 4 dahasida bolalar uçun maydonça qurib berişlariga sababçi bölib turganimdan baxtiyorman. Bu xuddi tuşga öxşaydi.
Azizbek Mamasodiqov, Murad buildings turniri ğolibi

Zamonaviy musiqa, odamlarning bir-biriga bölgan döstona va samimiy munosabati, bolalar yuzidagi baxt, taşrif buyuruvçilar uçun taqdim etilgan salqin içimliklar hamda desertlar mayning serquyoş yakşanbasida Green City mehmonlariga hamrohlik qildi.
Biz baxt ulaşamiz, baxt makoni quramiz. Odamlarga quvonç va şodlik ulaşişi mumkin bölgan bayramlarni, loyihalarni qöllab-quvvatlaymiz. Hozir köryapmizki, mehmonlar yuzida tabassum, dillarida xotirjamlik va közlarida baxt namoyon. Murad Buildings istaydigan narsa ham aslida mana şu.
Murod Nazarov, Murad Buildings asosçisi va rahbari

Murad Buildings faqatgina Toşkent şahri bilan çeklanib qolmoqçi emas. Öz işiga professional yondoşuvi va barpo etgan gözal boğlari bilan şaharliklar könglini ola bilgan kompaniya, tez orada qamrovini kengaytiradi va şahar taşqarisida ham uylar bunyod etadi.
Biz şu vaqtgaça ösdik, örgandik. Green City majmuasi 1 gektar yerda bunyod etilgan. Negaki, uning atrofida istirohat boğlari, stadionlar, supermarketdan tortib, klinikalarga qadar yetarli.
Kelasi yildan esa biz şahar taşqarisida mikrorayonlar qurişga harakat qilamiz. Bunda yer maydoni 15, balki 20 gektarni taşkil qilişi mumkin. Uning içida Murad Buildings uylaridan taşqari, poliklinika, klinika, basseyn, sport maydonlari, fitness klublar, supermarket va odamlar uçun kerakli bölgan boşqa qulayliklar yaratiladi.
Nega aynan şunday? Çunki biz odamlar şaharga öz şaxsiy yumuşlari, zarur işlari uçungina taşrif buyurişlarini ta'minlab, qolgan qulayliklarning barçasini öz majmualaridan topa olişlariga imkoniyat yaratişni istaymiz.
Murod Nazarov, Murad Buildings asosçisi va rahbari

Murad Buildings’ni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring va u taşkil qiladigan sayllardan çetda qolmang!
Reklama huquqi asosida











