Qatarda 2022 yilgi jahon çempionati uçun möljallangan birinçi stadion -  Khalifa International Stadium stadioni tayyor böldi. Bu haqda Supreme Committee xabar tarqatdi.

Qatar futbol uyuşmasi 19 may kuni uşbu stadionning oçiliş marosimi ötkazilişi va şu kuni unda Amir kubogi uçun final uçraşuvi ötkazilişini ma'lum qildi. Stadiondagi ilk rasmiy uçraşuvda «Al-Rayan» va «Al-Sadd» jamoalari kuç sinaşadi.

Khalifa International Stadium arenasi rekonstruksiya işlaridan keyin 40 ming tomoşabinni özida siğdira oladigan böldi. Bu stadion FIFAning barça talablariga javob beradigan holga keltirilgan. Unda havoni salqinlaştiruvçi tizim örnatilgan, sport muzeyi taşkil etilgan. Barça tomoşabinlar tom ostida bölişi ta'minlangan.

Uşbu stadionda 2022 yilgi jahon çempionatidan taşqari, 2019 yilda yengil atletika böyiça jahon çempionati ham ötkaziladi.

Ma'lumot uçun, Qatardagi jahon çempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar ötkazilişi belgilangan.