Stadion The Line - «Közguli çiziq» deb ataluvçi ulkan şahar loyihasining bir qismi bölişi kerak edi. Dastlabki rejada uzunligi 170 kilometrga yetadigan uşbu çiziqsimon şahar NEOM megaloyihasining markaziy obyekti sifatida taqdim etilgan.

Arena esa baland inşoot tarkibida, yer sathidan taxminan 350 metr yuqorida joylaşişi közda tutilgan. Saudiya Arabistonining jahon çempionatini ötkaziş uçun bergan arizasida u «dunyodagi eng noyob stadion» sifatida taʼriflangan.

Reuters vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, loyiha nomaʼlum muddatga töxtatilganini xabar qildi. Biroq Saudiya rasmiylari stadion qurilişining töxtatilişi haqida oçiq bayonot bermagan.

Bu xabar The Line loyihasining özi ham keçikişlar va kölamni qisqartiriş jarayonini boşdan keçirayotgan bir paytda tarqaldi. Şu bois uni dastlab rejalaştirilgan hajmda amalga oşiriş istiqboli ham savol ostida qolmoqda.

NEOM stadioni 2034-yilgi jahon çempionati uçun taklif etilgan 15 arenadan biri edi. Saudiya Arabistoni turnirni Ar-Riyod, Jidda, Al-Xubar, Abha va NEOM hududlarida ötkazişni rejalaştirgan.

Dastlabki rejalarga köra, musobaqagaça 11 ta yangi stadion qurilişi, yana törtta mavjud arena esa rekonstruksiya qilinişi yoki kengaytirilişi kerak.

Hozirça NEOM stadioni örniga boşqa arena taklif etiladimi yoki turnirda foydalaniladigan stadionlar soni kamayadimi - maʼlum emas. Boşqa stadionlardagi quriliş va yangilaş işlari esa davom etmoqda.

2025-yilda Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamğarmasi The Line loyihasining iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholaş uçun maslahatçilarni jalb qilgan edi. Bu qadam ulkan loyiha xarajatlari va kölami qayta körib çiqilayotganining belgisi sifatida baholangan.