The Washington Post naşri AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning tan soqçisi Kit Şiller tasvirlangan fotosuratni e'lon qildi. Şillerning qöllarida bir neçta qoğoz bölgan. Ma'lum qilinişiça, ulardan birida şunday yozuv: «Jyeyms «quturgan köppak» Mettis» va AQŞ mudofaa vaziri telefon raqami bölgan.

Şu bilan birga, gazeta muharririyati buni öquvçilar yordamida payqab qoldi.
Naşr muxbiri Reyçel Manteyfel bu raqamga qönğiroq qilib kördi va u Pentagon rahbariga tegişli ekanini tasdiqladi.
Ta'kidlanişiça, şundan söng WP rahbariyati Mettisning raqami bölgan fotosuratni olib taşlaşga qaror qilgan.











