Angliya premer-ligasining 34-turidan qoldirilgan uçraşuvi doirasida «Mançester Siti» va «Vest Bromviç» jamoasini qabul qildi.

Uçraşuvning 27-daqiqasida Gabriel Jyezus Kevin de Bryuynening çap qanotdan uzatgan töpini böş qolgan darvozaga yöllab hisobni oçgan bölsa, oradan roppa-rosa 105 soniya vaqt ötib endi Gabriel Jyezusning töp uzatişidan söng Kevin de Bryuyne hisobdagi farqni ikkitaga oşirdi. Ikkinçi bölimda esa Yaya Ture Serxio Aguero bilan «devor» uslubida harakat qilib hisobni yirik körinişga olib keldi. Ammo 87-daqiqada Robson-Kanu hisobni bittaga qisqartirişga muvaffaq böldi. Qolganiga mehmonlarning kuçi yetmadi.

Uçraşuvda mezbonlar tarkibida 9 mavsum davomida töp surgan Pablo Sabaleta ikkinçi bölimda maydonga tuşdi va özining Mançester mezbonlik qilgan sönggi uçraşuvini ötkazdi. Uçraşuvdan söng argentinalik futbolçi uçun maxsus xayrlaşuv dasturi uyuştirildi.

Uşbu ğalabadan keyin «Siti» hisobidagi oçkolar soni 75taga yetdi va jamoa «Liverpul»ni 2 oçkoga ortda qoldirib, 3-öringa kötarilib oldi. «Şaharliklar» 5-örinda borayotgan «Arsenal»ni uç oçkoga ortda qoldirmoqda. Sitining töplar nisbati +36ni taşkil qilayotgan bölsa, «Arsenal»da bu körsatkiç +31ni taşkil qilmoqda. Sönggi turda «Siti» «Uotford»ga qarşi uçraşuvda mağlubiyatga uçragan taqdirda ham «Arsenal»dan ustunlikni saqlab turgan töplarni nisbatini saqlab qolsa, YeÇLda iştirok etiş huquqini qölga kiritadi.

Angliya premer-ligasi
34-turning qoldirilgan uçraşuvi

Mançester Siti – Vest Bromviç 3:1 (2:0)

Gollar: Gabriel Jyezus (27), de Bryuyne (29), Ture (57) – Robson-Kanu (87).
Mançester Siti: Kabalero, Otamendi, Kompani (Stounz, 77), Kolarov, de Bryuyne, Fernandino, Silva (Sabaleta, 62), Ture (Fernando, 81), Sane, Aguero, Gabriel Jyezus.
Vest Bromviç: Foster, Uilson (Makkleyn, 52), Nom, Douson, Evans, Fletçer, Yakob, Livermor (Morrison, 65), Şadli, Brant, Rondon (Robson-Kanu, 71).
Ogohlantirişlar: Şadli (51), Douson (52), Sane (70).