IŞID jangarilari noutbukka yaşirilgan bomba yordamida yölovçi samolyotini portlatişni rejalaştirişgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga Vaşingtondagi uçraşuvlari davomida aynan şu axborotni taqdim qilgan, deb xabar bermoqda OAV.

Ma'lum qilinişiça, jangarilarning bu rejasi haqidagi axborotni AQŞga Isroil taqdim qilgan. Isroil bu ma'lumotni IŞID saflariga kiritilgan agentidan olgan. Olingan axborotga köra, terrorçilar öz qabih rejalarini amalga oşiriş uçun noutbuk korpusida yaşirilgan bombani qöllamoqçi bölgan. Ta'kidlanişiça, bunday bombani aeroportdagi nazorat vaqtida aniqlaş qiyin.

ABC jurnalistlari Tramp maxfiy axborotni oşkor qilgani va endi josusning hayoti xavf ostida qolganini aytişgandi.

Bu orada Trampning milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Gerbert Makmaster AQŞ prezidenti heç qanday qoidabuzarlikka yöl qöymaganini aytdi. Uning ta'kidlaşiça, Lavrov olgan axborot terrorçilikka qarşi kuraşda yordam beradi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.