Fransiyaning yangi içki işlar vaziri Jyerar Kollon uning yangi lavozimda bajaradigan birinçi navbatdagi vazifalari fransuz xalqini himoyalaş, terrorçilikka va IŞID saflariga yollaşga qarşi kuraş bölişini aytdi. Bu haqda "Assoşieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Kollon yangi lavozimga kirişgandan keyingi ilk nutqida Yevropa va ayniqsa Fransiya "terrorçilar nişoni" hisoblanişini aytdi va terrorçilik xavfi nafaqat taşqaridan bildirilayotganini, balki mamlakat hududida ham ildiz otganini qayd qilib ötdi. Vazirning aytişiça, u özining sa'y-harakatlarini yoşlarning radikallaşişiga va ularning "oxirgi yillarda guvohi bölingan dahşatli hujumlar" sodir etişlariga yöl qöymaslikka yönaltiradi.












