Project Loon jamoasi birinçi marta internet tarqatişga möljallangan havo şarlarini talofat körgan hududlar şaroitida sinovdan ötkazdi. Qurilmalar uç oy mobaynida keng kölamli suv toşqinlaridan jabr körgan Peru mintaqasi uzra faoliyat körsatdi. Bu haqida Google X labaratoriyasi xodimi va Project Loon rahbari Alaster Vestgart öz blogida xabar berdi.

Telekommunikatsion qurilma bilan jihozlangan aerostatlar Puerto-Riko orolidagi maydondan AQŞ Fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasining qöllab-quvvatlaşi ostida Google xodimlari tomonidan işga tuşirildi. Şundan söng ular 12 kun içida 3,5 ming kilometr masofani keçib ötib, stratosferaga 20 kilometrga kötarilişdi.

Uç oy davomida Google'ning uçar şarlari Peruning uç yirik şahri - Piura, Çimbota va Lima atrofida Ispaniyaning Telefonica aloqa operatori tarmoqlariga kiriş xizmatini taqdim etişdi. Project Loon vakillarining sözlariga köra, umumiy qamrov maydoni 40 ming kvadrat kilometrdan ziyodni taşkil qilgan, jönatilgan trafik miqdori esa 160 Gb'dan oşgan.

Bundan avval Google muhandislari internet tarqatuvçi havo şarlari faoliyatini Yangi Zelandiya, Avstraliya va Şri-Lankada sinovdan ötkazgandi.