Vazirlik 26-oktabr kuni keçqurun çeklovlar Moskvaning Uçinçi transport halqasi içidagi hududlarga taalluqli ekanini maʼlum qildi.
Mobil internet quyidagi vaqtlardan boşlab uzilişi mumkin:
27 va 28-oktabr - Moskva vaqti bilan soat 11:30 dan;
29-oktabr - soat 09:30 dan kun davomida.
Bu kunlarda Rossiya poytaxtida ikkita xalqaro tadbir ötkaziladi. 27-oktabrda Gaz eksport qiluvçi mamlakatlar forumi sammiti, 28–29-oktabrda esa «Rossiya - Afrika» sammiti bölib ötişi belgilangan.
Gaz eksport qiluvçi mamlakatlar forumida Eron va Ekvatorial Gvineya prezidentlari, Qatar amiri hamda Liviya Prezidentlik kengaşi raisi qatnaşişi kutilmoqda. Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvçi Delsi Rodrigesning videomuloqot orqali iştiroki rejalaştirilgan.
«Rossiya - Afrika» sammitiga Afrikaning qariyb 50 davlatidan vakillar keladi. Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning sözlariga köra, Vladimir Putin ayrim davlatlar rahbarlari bilan 20 ga yaqin ikki tomonlama uçraşuv ötkazmoqçi.
The Moscow Times naşri eslatişiça, mart oyida ham Moskva markazida mobil internet ikki haftadan ortiq işlamagan. Öşanda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni xavfsizlikni taʼminlaş zarurati bilan izohlagan.
«Kommersant» maʼlumotiga köra, öşa uzilişlardan körilgan zarar kuniga qariyb 1 milliard rublni taşkil etgan.
Rossiya rasmiylari avvalgi internet çeklovlarini Ukraina dronlari hujumlariga qarşi çoralar bilan ham izohlagan. 23-oktabrdagi hujum paytida Moskva atrofidagi tört aeroport işi vaqtinça töxtatilgan edi.

















