Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşabbusiga binoan haftaning har payşanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb e'lon qilinişi Özbekistondagi osoyiştalik, xotirjam va ma'mur hayotning ta'minlanişida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbirlarda aholining kundalik ehtiyojiga boğliq köplab muammolar öz yeçimini topmoqda. Natijada barça qişloq va mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni xalq osoyiştaligini mustahkamlaş borasidagi oddiy tarğibot emas, amaliy ahamiyatga ega tadbir sifatida ötkazilmoqda.
Ötayotgan hafta payşanbasida ham keng miqyosda taşkil etilgan profilaktik tadbirlarga Özbekistonda hududidan içki işlar organlari bilan bir qatorda köplab fuqarolar ham köngilli ravişda iştirok etdi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiriş hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmuş şaroitini tizimli ravişda örganiş maqsadida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida taşkil etib kelinayotgan tadbirlarda pasport tizimi qoidalarini buziş, noqonuniy öq otar qurollar va narkotik vositalarni saqlaş holatlari aniqlanmoqda.
Mazkur yönalişda körilgan çora-tadbirlar natijasida joriy yilning oxirgi tört oyi davomida 120 mingdan ortiq şaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi, 400 nafarga yaqin qidiruvdagi jinoyatçilar qölga olindi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi çora-tadbiri sifatida 180 mingdan ortiq profilaktik suhbatlar ötkazildi.
Asosiy e'tibor, voyaga yetmaganlar va yoşlar tarbiyasiga qaratilib, öquvçi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, ularning ta'lim muassasalaridagi davomatini ta'minlaş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Buning natijasida, joriy yilning aprel oyida voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilikning darajasi 0,7 foizga, yoşlar örtasida 2,1 foizga, şu jumladan kollej va litsey öquvçilari örtasida 19,2 foizga, oliy ta'lim muassasalarida 31 foizga kamaydi.
















