«Yonğin xavfsizligi tizimi takomillaştirilayotganligi munosabati bilan Özbekiston Repsublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Unga köra, suyultirilgan uglevodorod gazini (propan) isteʼmolçiga avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi tomonidan maişiy gaz ballonida beriş taqiqlanadi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks tegişli modda bilan töldirildi. Unga köra, suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolçiga avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi tomonidan maişiy gaz ballonida beriş BHM 3 baravaridan 5 baravarigaça (1 mln 320 ming sömdan 2,2 mln sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Qonun uç oydan keyin kuçga kiradi.












