Afğoniston Islom Respublikasining 36 yoşli fuqarosi Nurmuhammad Zoir öğli ismli şaxs 2 nafar jinoiy şeriklari bilan 6 kg dan ortiqroq vazndagi “opiy”ni kelgusida sotiş maqsadida Amudaryo orqali qölbola tayyorlangan rezina qayiqda davlat çegaralarini buzib kirayotgan vaqtida Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari vakillari tomonidan qölga olindi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati.

Unga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, suriştiruv işlari yakunlangaç, jinoyat işlari böyiça Termiz şahar sudida oçiq sud majlisi bölib ötdi.

Unda sudlanuvçi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 16 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.