Tolmas Rahimov (ism-familiyalar özgartirilgan) yaqin dösti Hayit Rustamov bilan jinoiy reja tuzib, Buxoro şahridagi “Şahnozabonu” töyxonasi oldida velosiped öğirlaşdi. Ikkovlaşib, 2015 yilning yanvar oyida Muşfiqiy köçasida yana bir mudhiş jinoyatga qöl urişdi. Ular uyiga qaytayotgan Umarbek Haydarovni urib, unga tegişli bölgan mol-mulk va 9 million 600 ming söm pulni ömarib ketişdi. Jabrlanuvçi dod-faryod qilganiça qolaverdi. Şunda ham ularni kimdir örtaga solib, tartibga çaqirmagan ekan, deya yozadi “Huquq” gazetasi.

Pul topişning bunday usuli ularga juda yoqib tuşgan ekan. Endi Tolmas Rahimov tuni bilan uxlamay yana bir reja tuzib çiqdi. U öz safiga tanişlari Sardor Nö'monov, Jahongir Jumayev va Hamdam Safarovlarni ham jalb qildi.

-  Bir uçraşib otamlaşsak, yaxşi bölardi, - dedi Jahongir sinfdoşi Tolmasga qönğiroq qilib.

“Madaniyat” MFY hududidagi dala hovlida uçraşgan hamtovoqlar örtaga bir şişa aroqni qöyib, otamlaşib qabih reja tuzişdi. Ulfatlar Tolmasning rejasini eşitib, avvaliga hayron qolişdi. Kimdir ikkilandi, boşqasi xayrixoh böldi...

-  Xayriddinni köpdan beri kuzataman. Uni “Dilkuşo” bozorida savdo qilib yurgan kezlarimdan buyon taniyman. "Tixiy" bola. “Toqi Sarrafon”da pulfuruşlik qiladi. Har kun pul bilan keladi. Lekin bitta yomon tomoni bor-da,.. – biroz öylanib turib dedi Tolmas. – U meni yaxşi taniydi. Bu işni uçalang qilişing kerak.

-  Qanday qilib?..

-  Bu qiyin emas, - dedi Tolmas jinoyat rejasidagi iş taqsimotini aytib. – Uyimizda beysbol tayoği (bita) bor, ursa har qanday odam yiqiladi.

-  Böpti. Sen öşa tayoqni olişni unutma. Sardor, sening “Matiz”ingdan foydalanamiz.

Xayriddinni jinoiy guruh a'zolari bir neça kun kuzatişdi. Şunday kunlarning birida Xayriddin velosiped haydab, ajal şarpalari pisib yotgan avtomaşina oldidan ötib ketdi. Payt poylab, uning ortidan tuşgan “Matiz” X.Xudoyberdiyevning uyiga yaqin bölgan Boğişamol köçasi çorrahasiga kelib töxtadi.

Öz xayollari bilan ketayotgan Xayriddin kutilmaganda boşiga urilgan qattiq zarbadan gangib, velosipeddan yiqilib tuşdi. Uning yonidagi pullarni qölga kiritgan jinoyatçilar zulmat qariga kirib, ğoyib bölişdi.

Qölga kiritilgan pullarni sanab, taqsimlab olişayotgan yigitlarning vijdoni ziğirça qiynalmadi. Ular jabrdiydaga tegişli 9 million söm, 1800 AQŞ dollari, 670 yevro, 4500 Rossiya rublini teng taqsimlaşdi.

Yölda yiqilib yotgan odam yölovçilarni befarq qoldirmadi. Zudlik bilan tegişli joyga qönğiroq qilişdi. Yaqinlari yetib kelganda Xayriddin Xudoyberdiyev behuş edi. Uni zudlik bilan şoşilinç tibbiy yordam markaziga keltirişdi. Biroq şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy muolajalar yordam bermadi. U hayotdan köz yumdi.

Uşbu holat böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan zudlik bilan suriştiruv işlari boşlab yuborildi. Tezda kalavaning uçi topildi va jinoiy guruh a'zolari qölga olindi.

Bu kimsalarning jinoyat ortidan topilgan mablağlar hisobiga “mazmunli” ötayotgan kunlariga yakun yasaldi. Sud hukmiga binoan Özbekiston JKning tegişli moddalari bilan jinoyatçilarning har biri 19 yildan muddatga ozodlikdan mahrum etildi.