Bu haqda Özgidromet maʼlum qildi.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, 8-noyabr kuni Buxoro şahrida havoning maksimal harorati +30,6 °C ni taşkil etdi. Bu 1992-yilning xuddi şu kuni qayd etilgan +29,5 °C darajadan 1,1 daraja yuqori.
Navoiy şahrida esa havo harorati +30,0 °C gaça kötarildi. Avvalgi rekord 1992-yilda örnatilgan bölib, öşa kuni maksimal harorat +28,7 °C ni taşkil etgan. Yangi körsatkiç undan 1,3 daraja yuqori böldi.
Şu tariqa, Buxoro va Navoiyda meteorologik kuzatuvlar tarixida 8-noyabr sanasi uçun eng yuqori harorat körsatkiçlari qayd etildi.








