Tennis böyiça jahonning ikkinçi raqamli raketkasi Serena Uilyamsga irqiy nafrat tufayli dökonda çegirma berişdan boş tortişdi.
Gianvito Rossi oyoq kiyimi dökoni sobiq xodimi Uitni Uilbern öz iş beruvçisini afroamerikaliklarga nisbatan sovuq munosabatda bölgani uçun sudga berdi.
«Mening rahbarim Greys Mazzilli afroamerikaliklarga irqiy nafratda ekanini bir neça bor bildirgan. Masalan, jahonga maşhur tennis yulduzi Serena Uilyams qimmat xaridlar uçun çegirma söraganida, kompaniya menejyerlari sportçiga nisbatan irqiy nuqtai nazardan qabul qiliş mumkin bölmagan izohlar qilişgan hamda brend oyoq kiyimini afroamerikaliklar kiyib yurişi istamasliklarini aniq va ravşan bildirişgan.
Menejyerlar Serenani yoqimsiz, deb ataşdi va çegirmalar berişdan boş tortişdi. Natijada Uilyams jurnalistlar bilan muloqotdan söng, baribir çegirma oldi, biroq bu narx oq tanli yulduzlarnikiga qaraganda ança past edi», - deya Uilbernning sözlarini keltiradi Tennis World.












