Futbol böyiça jahon çempionatida hakamlarning e’tiborini irqçilik körinişlariga qaratiş uçun maxsus işora qöllaniladi. Jurnalist Henri Vinterning xabar berişiça, futbolçilar qöllarini kökrak oldida X körinişida çaliştirişi kerak böladi.

Hakam imo-işorani körişi bilanoq, Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) «No Racism» (Irqçilikka yöq) kampaniyasi doirasida uç bosqiçli jarayonni boşlaşga majbur böladi. Birinçi epizodda öyin töxtatiladi, agar haqoratlar davom etsa, öyinda 15 daqiqalik tanaffus e’lon qilinadi va futbolçilar maydonni tark etadi. Uçinçi marta hodisa yuz bersa, öyin butunlay töxtatiladi.

Uşbu işora qoidasi ilk bor 20 yoşgaça bölgan ayollar örtasidagi jahon çempionatida sinovdan ötkazildi. Turnir 2024 yilda Kolumbiyada bölib ötdi.

2026 yilgi jahon çempionati 11 iyundan 19 iyulgaça AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. Çempionatda 48 ta jamoa, jumladan tarixda birinçi marta Özbekiston ham iştirok etadi.