Özbekiston Respublikasida qonun hujjatlari buzilganligi uçun uşlangan transport vositalarini töxtaş joylari (jarima maydonlari)ga olib keliş, joylaştiriş va saqlaşda qonuniylikni ta'minlaş, sanitariya va yonğinga qarşi qoidalarga rioya qiliş, saqlaş joylariga qöyiladigan talablarni belgilaş, transport vositalari saqlanişi uçun javobgarlik tartibi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 149-sonli qarori bilan belgilab berilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB.
Mazkur qarorga köra, 2011 yilning 1 sentabridan boşlab jarima maydonlari hududiy hokimliklar tomonidan tanlab olingan yuridik şaxslar tomonidan taşkil etilişi belgilab qöyilgan.
Transport vositalarini olib keliş (taşiş) va saqlaş böyiça körsatiladigan xizmatlar uçun tölovlarning çeklangan miqdorlari Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişgan holda hududiy hokimliklar tomonidan belgilanadi. Mazkur qarorga asosan jarima maydonlari faoliyati yoki ularda joriy etilgan tölovlarni belgilaş böyiça içki işlar organlariga vakolat yoki vazifalar yuklatilmagan.
Alohida ta'kidlaş joizki, hozirgi kunda Özbekiston Respublikasi IIV Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatiga tegişli bölgan jarima maydonlari mavjud bölmasada, ayrim fuqarolar va jurnalistlarning yuqoridagi qaror talablarini bilmasliklari yoki notöğri talqin qilişlari natijasida içki işlar organlari xodimlariga nisbatan noörin fikrlarning tuğilişiga sabab bölmoqda.
Transport vositasini uşlagan davlat organining vakolatli xodimi öz vakolatlari doirasida haydovçini transport vositasini boşqarişdan çetlatiş yuzasidan zarur xatti-harakatlarni amalga oşiradi, ma'muriy huquqni buziş töğrisidagi bayonnomani yoki transport vositasi uşlanganligi töğrisidagi qarorni rasmiylaştiradi, transport vositasi töxtaş joyiga joylaştirilgan taqdirda undagi mol-mulk röyxatini öz içiga oladigan tegişli dalolatnomani tuzadi.
Dalolatnoma nusxasi unga nisbatan körsatib ötilgan çora qöllanilgan şaxsga, şuningdek transport vositasini töxtaş joyida saqlaş uçun mas'ul bölgan şaxsga topşiradi.
Uşlaş joyiga kelgan yuridik şaxsning vakili:
transport vositasini töxtaş joyiga joylaştiriş maqsadida uni qabul qiliş uçun yonida xizmat guvohnomasiga hamda yuridik şaxs tomonidan berilgan va uning muhri bilan tasdiqlangan transport vositalarini taşiş (evakuatsiya qiliş) huquqini beruvçi işonçnomaga ega bölişi kerak;
ma'muriy huquqni buziş töğrisidagi bayonnoma yoki transport vositasini uşlaş töğrisidagi qaror asosida qabul qiliş-topşiriş dalolatnomasini tuzgan va konstruksiyada kiriş nazarda tutilgan joylarni (eşiklar, bagajnik, kapot, benzin baki qopqoği va hokazolar) surğuçlagan holda uşlangan transport vositasini közdan keçiradi va uni vakolatli xodimdan qabul qilib oladi;
transport vositasini töxtaş joyiga olib keliş (taşiş) va unga joylaştiriş çoralarini köradi.
Transport vositalarini qabul qiliş keçayu kunduz amalga oşiriladi.
Töxtaş joyidagi transport vositasi oldiga haydovçining (egasining, egasining vakilining) kelişiga faqat transport vositasini töxtaş joyiga joylaştiriş töğrisida qaror qabul qilgan organning ruxsatidan keyin, uni saqlaş töğrisidagi mas'ul şaxs hozir bölganida yöl qöyiladi, bu haqda taşrif buyurganlarni hisobga oliş jurnalida yozuv qayd etiladi.
Transport vositasini uşlaş muddati ma'muriy huquqni buziş töğrisida bayonnoma tuzilgan yoki transport vositasini uşlaş töğrisida qaror çiqarilgan paytdan boşlab hisoblanadi.
Transport vositasini saqlaş muddati u töxtaş joyiga joylaştirilgan paytdan boşlab soatlarda hisoblanadi.
Transport vositasi qabul qiliş-topşiriş dalolatnomasi böyiça töxtaş joyi vakiliga berilguniga qadar transport vositasining saqlanişi uçun transport vositasi egasi oldida qonun hujjatlariga muvofiq tegişli davlat organlari javob beradilar.
Transport vositasi töxtaş joyiga joylaştirilgandan keyin uning saqlanişi uçun transport vositalarini töxtaş joyiga olib keliş va saqlaş böyiça xizmatlar körsatuvçi yuridik şaxslar javob beradilar.












