Joriy yilning 5 may kuni soat ertalabki taxminan 05.45 da Amir Temur köçasi böylab Yunusobod bozori yonidagi yer osti piyodalar ötiş yölagida inson jasadi aniqlandi. Keyinçalik marhumning şaxsiga oydinlik kiritildi - Davronbek Örozov. Uning yonidan jiddiy tan jarohatlari va kuçli mastlik holatida bölgan yana bir erkak topilgan - Ivan Romanov.
Uşbu holat böyiça Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning “Qasddan odam öldiriş” moddasi böyiça jinoiy iş qözğatildi.
IIBBdagi brifingda poytaxt prokurori örinbosari Fatxulla Abdurahimovning xabar berişiça, bu iş Toşkent şahri prokuraturasiga topşirilgan. Tergov jarayonida aniqlanişiça, qotillik röy bergan kuni erkaklar yer osti ötiş yölagida spirtli içimliklar iste'mol qilgan, şundan söng ular örtasida janjal kelib çiqqan, natijada muştlaşuv yuz bergan. Oxir-oqibat Örozovning boşiga şişa butilka bilan zarba berilgan hamda u voqea joyida vafot etgan.
Şahar prokuraturasi vakilining ma'lumotiga köra, 14 may kuni Ivan Romanov hibsga olingan. Ayni damda uşbu iş böyiça tergov davom etmoqda.












