Qaşqadaryoda ayol va uning bolalarini yoqib yuborgan erkak jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, holat 2026-yil 15-may kuni keçasi sodir bölgan. Sudlanuvçi S.T. jabrlanuvçining Ğuzor tumanidagi xonadoniga borib, u bilan janjallaşgan. Söngra özi bilan 5 litrli yelim idişda benzin olib kelgan ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandini ustiga sepgan holda öta şafqatsizlik bilan ularni tiriklayin yoqib yuborgan.

Ayol va uning ikki nafar farzandi hayoti saqlab qolingan. Ammo kuyişdan olgan tan jarohatlari oqibatida 6 yoşli öğil va 11 yoşli qiz vafot etgan.

Sudda jabrlanuvçi ayol erkakka nisbatan oliy jazo berişni söragan.

“Ikki bolam qaytib kelmaydi endi. Yengil jazo bersanglar köpayib ketadi mana şundaylar. Oliy jazo berişingizni sörayman”, degan ayol.

JIB Qamaşi tuman sudi hukmi bilan S.T. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “a, v, d, j” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, v, d, j” bandlari hamda 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.