Los-Anjyeles xalqaro aeroportida bortida 146 nafar yölovçi va ekipaj a'zolari bölgan Boeing-737 yölovçi samolyoti yuk maşinasi bilan töqnaşdi. Associated Press xabariga köra hodisa natijasida sakkiz kişi jabrlandi.
Töqnaşuv samolyot yerga qönişi bilan sodir bölgan.
Los-Anjyeles şahri yonğin xizmati ma'lumotlariga köra, töqnaşuv samolyotni yurgizib olib boriş yölagida röy bergan.
Hodisa oqibatida yuk maşinasi ağdarilib ketgan. Samolyotning öng qanotiga zarar yetgan, yoqilği oqib ketişi kuzatilmagan.
Töqnaşuvdan xizmat maşinasida bölganlar jabrlangan, ulardan bir nafarining ahvoli oğirligiça qolmoqda. Avialayner yölovçilaridan heç biri jabrlanmagan.












