Dunyodagi eng baland toğ Everestning bir qismi 2015 yilda Nepalda yuz bergan kuçli zilzila vaqtida öpirilib ketgan. Bu ma'lumotni britaniyalik alpinist Tim Mozdeyl tasdiqladi.
Uning aytişiça, çöqqining janubi-şarqiy tomonidan balandligi 12 metrlik vertikal qoya ajralgan. Bu qism çöqqini birinçi bölib zabt etgan yangi zelandiyalik alpinist va tadqiqotçi Edmund Xillari şarafiga "Xillari zinapoyasi" deb atalgan.
"Men ötgan yil çöqqiga kötarilgandim, biroq biz zinapoya yöqolganiga işonçimiz komil emasdi. U yerda qor yoğayotgandi. Bu yil men toğning bu qismi bu yerda aniq yöqligini ma'lum qila olaman", deb aytgan Mozdeyl Guardian naşriga bergan intervyusida.
Uning aytişiça, öpiriliş joyi özgargan relef sababli kötariliş uçun xavfsiz bölmay qolgan.
"Xillari zinapoyasi" 8790 metr balandlikda joylaşgan bölib, alpinistlar tomondan 8848 metr balandlikda joylaşgan Everest çöqqisiga kötarilişdagi sönggi tösiq hisoblanardi.












