Nepal Markaziy tergov byurosi (CIB) ma’lumotlariga köra, sxema 2022 yildan 2025 yilgaça Everest marşrutlari va boşqa trekking yöllarida işlagan. Qariyb 4800 nafar xorijiy sayyoh jabrlangan.

Sxema qanday işlagan?

Gidlar va kompaniyalar yaxşi suğurtasi bölgan sayyohlarni tanlab olgan (vertolyot evakuatsiyasi belgilangan). «Şoşilinç» evakuatsiya qiliş uçun bahona yaratiş maqsadida ba’zilarning ovqatiga göyoki içimlik sodasi aralaştirilgan yoki yuqori dozada dori berilgan. Bu köngil aynişi, iç ketişi va toğ kasalligiga öxşaş alomatlarni keltirib çiqargan.

Keyinçalik quyidagilar sodir bölgan:

- Vertolyot çaqiriş (köpinça bir reys bir neçta suğurta hodisalariga «bölingan»).

- Qalbaki tibbiy ma’lumotnomalar va hujjatlar.

- Katmandu şahrida zaruratsiz şifoxonaga yotqiziş.

Birgina Mountain Rescue Service kompaniyasi 171 ta soxta evakuatsiyani amalga oşirib, 10,3 million dollarlik hisobni taqdim etgan. Umumiy zarar 20 million dollardan oşgani ta’kidlanmoqda.

«Zaharlanişlar» haqidagi şov-şuvli sarlavhalarga qaramay, CIB rasmiy bayonotida ta’kidlanişiça: zaharlar yoki zaharli moddalar aralaştirilgani haqida dalillar hali topilmagan. Asosiy daliliy baza — moliyaviy izlar, soxta hujjatlar va guvohnomalar.

Mojaro allaqaçon Nepal turizmi obrösiga jiddiy zarba berdi. Ba’zi xalqaro suğurta kompaniyalari mintaqadagi trekerlar uçun polislarni qayta körib çiqişni boşladi. Politsiya firibgarlikni «milliy ğurur va obröga jiddiy putur yetkaziş» deb atadi.

Ayni paytda 11 kişi hibsga olingan, qolgan ayblanuvçilar qidiruvda. Tergov davom etmoqda.