Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Eron hukumatini global terrorçilik "nayzasining uçi" deb atadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
U bu haqda AQŞ prezidenti Donald Trampning Ar-Riyodga taşrifi doirasidagi nutqida aytib ötdi.
"Bizning Tangri, xalqimiz va butun dunyo oldidagi javobgarligimiz yovuzlik kuçlari va ekstremizm qayerda bölmasin, unga qarşi kuraşişdan iborat", deb ta'kidlab ötdi qirol.
Qirol Salmon "Eron tuzumi özidan global terrorçilikning nayzasi uçini aks ettirişini" oçiqçasiga aytdi.
U, şuningdek, Saudiya Arabistoni terrorçilikni moliyalaştirişga harakat qiladigan barçani ayab ötirmasligini ta'kidlab ötdi.
"Biz terrorçilikni istalgan köriniş va şaklda moliyalaştirişga har qanday urinişga qonunning butun qat'iyligi böyiça rahm qilib ötirmaymiz", deb aytgan qirol.












