“Semizlik” taşxisi qöyilgan eng köp insonlar AQŞda yaşaydi – 15 yoşdan katta bölgan amerikaliklarning 38,2 foizi ortiqça vazndan aziyat çekadi, 2030 yilga kelib bu körsatkiç 45 foizdan oşib ketişi mumkin. Bundan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti tadqiqoti natijalari darak bermoqda.

“Semizlik” taşxisi köp uçraydigan yana bir davlat Meksika bölib, u yerda kasallik 32,4 foiz kişilarda aniqlangan, 2030 yilga kelib ularning miqdori 39 foizga yetişi mumkin.

Röyxatning uçinçi örnida – Yangi Zelandiya (30,7 foiz), deyiladi tadqiqotda.

Nosoğlom vazn körsatkiçlariga ega eng kam kişilar esa Yaponiyada istiqomat qilar ekan – 3,7 foiz.