AQŞ prezidenti Donald Tramp 21 may kuni Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda Oq uy. 

Uçraşuv AQŞ va musulmon davlatlari sammiti bölib ötgan Ar-Riyodda ötdi.

"Tramp prezident Ğanining Afğonistonda terrorçilikka qarşi kuraş va muhim islohotlarni amalga oşirişdagi boşqaruvçi rolini qutladi. U öz davlati uçun kuraşayotgan afğon xavfsizlik kuçlarining jasurona xizmatini maqtadi", deyildi Oq uy bayonotida.  

NBC telekompaniyasi Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Afğonistondagi amerikalik harbiylar sonining 5 ming kişiga oşirilişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Oxirgi 4 yilda amerikalik harbiylarning Afğonistondagi soni 120 mingdan 9 minggaça tuşib ketgan. Pentagonning ta'kidlaşiça, qöşimça harbiylarni yuboriş qarori hali qabul qilinmagan.