22 may kuni Farğona viloyati Quva tumanidagi 13-sonli bolalar boğçasida fojia röy berdi. Boğça tarbiyalanuvçilaridan biri, 4 yoşli bolakay baxtsiz hodisa qurboniga aylangan.

Kun.uz naşri manbasi bergan ma'lumotga köra, bolalar musiqa maşğulotiga çiqqan vaqtda ulardan biri quvvatlantiriş uçun qöyilgan kolonkani borib uşlab olgan va uni tok urgan. Bola voqea joyida vafot etgan.

Quva tumani tergov bölimi ma'lumotiga köra, hodisa joyiga Içki işlar boşqarmasi vakillari hamda prokuratura xodimlari kelib, vaziyatni örganişgan, sud-tibbiy ekspertiza ötkazilib, bola elektr toki urişi natijasida vafot etgani qayd qilingan.

Suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.