Ukrainalik çegaraçilar 14 nafar özbekistonlik va bir nafar ozarboyjonlikni Qrimga taşrif buyurganlari uçun Ukrainaga qöyişmadi. Bu haqda Ukraina davlat çegara xizmati matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Berdyansk otryadi çegaraçilari çegara nazorati vaqtida xorijliklar Ukrainaning amaldagi qonunini buzib, bosib olingan Krim hududiga taşrif buyurişgani va ma'muriy çegarani kesib ötiş uçun maxsus ruxsatlari yöqligini aniqlaşgan", deb aytildi xabarda.
Özbekistonliklar va Ozarboyjon fuqarosi Qrim çegarasini 20 may kuni "Çongar" kiriş-çiqiş nazorat punktida kesib ötişgan.
Ta'kidlanişiça, ularga şuningdek Ukrainaga 3 yilga kiriş taqiqlangan.












