AQŞ mudofaa vazirligi Iroq, Suriya va Afğonistonda qöşinlari sonini oşirmoqçi emas. Bundan 2018 moliyaviy yil (1 oktabrdan boşlanadi) uçun mudofaa vazirligi byudjyet loyihasi darak bermoqda.
Unga köra, "Sabotli qat'iyat" operatsiyasida iştirok etayotgan harbiylar soni joriy yilga nisbatan özgarişsiz (5765 harbiy) qoladi. Operatsiya AQŞ va uning ittifoqdoşlari tomondan Iroq va Suriyada 2014 yildan beri IŞIDga jangarilariga qarşi olib borilmoqda.
AQŞ Afğonistonda ötkazayotgan "Ozodlik qöriqçisi" operatsiyasida iştirok etayotgan harbiylar sonini esa 8674 kişidan 8448 kişigaça kamaytirilmoqçi. Uşbu operatsiya Afğonistonda IŞID va "Tolibon" jangarilariga qarşi olib borilmoqda.
AQŞning barça xorijiy harbiy operatsiyalarida iştirok etayotgan harbiylari sonini taxminan 4 mingga (56,3 minggaça) qisqartiriş rejalaştirilmoqda.
AQŞ ma'muriyati 2018 yil uçun mudofaa vazirligi byudjyeti loyihasini kongressga kiritdi. Unda Afğoniston xavfsizlik kuçlariga yordamni oşiriş közda tutilgan.
Hujjatga köra, Afğoniston armiyasi va politsiyasining maxsus fondi böyiça 4,9 mlrd dollar ajratiş közda tutilgan, joriy yilda bu raqam 4,2 mlrd dollarni taşkil qiladi.
700 mln dollardan köproq mablağ sobiq Ittifoq va Rossiya aviatexnikasini AQŞ aviatexnikasiga özgartirişga yönaltiriladi. Joriy yilda bu dastur qiymati 814 mln dollarni taşkil qiladi.
Şuningdek, Iroq va Suriyadagi operatsiyalarga xarajatlarni köpaytiriş möljallanmoqda.
Byudjyet loyihasiga köra, "Sabotli qat'iyat" operatsiyasi va u bilan birga keçadigan operatsiyalarga 13 mlrd dollar ajratiş közda tutilgan, ya'ni bu joriy yilgidan 1,1 mlrd dollarga köproq böladi.
Şu bilan birga IŞIDga qarşi kuraş böyiça maxsus jamğarmaga boşqa mablağ ajratiş rejalaştirilmagan (joriy yilda bu maqsadda 2 mlrd dollar ajratilgan).
Byudjyet loyihasini kongressning ikki palatasi tasdiqlaşi kerak, şundan keyin u AQŞ prezidentiga imzo qöyiş uçun taqdim etiladi.












