Özbekiston mustaqillikka erişgan dastlabki kunlardanoq dunyoga eşiklarini oçdi. Rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari, ilmiy markazlari, oliy öquv yurtlari özlarining innovatsion ğoya va amaliy takliflari bilan kirib keldilar. Har bir şartnomaga mamlakat taraqqiyoti va istiqboli nuqtai- nazaridan yondoşildi. Özbekistonning muhim strategik hamkori – Xitoy bu jarayonda faol iştirokçilardan biri böldi. Uning Huawei kompaniyasi esa tez orada yurt ravnaqi yölida astoydil işlayotgan Özbekiston kompaniya va idoralarining işonçli şerigiga aylandi.

Biz Huawei kompaniyasining Şençjyendagi qarorgohida bölib, uning taşqi aloqalar bölimi vitse-prezidenti Uolter Jyennings bilan uçraşdik va kompaniya faoliyati, Özbekistonga möljallangan loyihalar haqida suhbatlaşdik.

- Huawei dunyo reytingida juda tez rivojlanib borayotgan kompaniyalardan biri, deb e'tirof etildi. Buning asosiy sababi nimada, deb öylaysiz?

- Bilasizmi, men özim ham şu savolga xamişa javob izlayman. Mana qarang, bundan 30 yil avval, ya'ni 1987 yilda janob Jyen Çjenfeya atigi 5680 dollar nizom jamğarmasi bilan iş boşlagan. 2016 yilda kompaniya 75,6 milliard dollarlik tovar aylanmasiga erişdi. Aql bovar qilmas yuksaliş! Biz uçun çegaralangan iş vaqti, degan tuşunçaning özi yöq. Biz har doim, kabinetda, korxonada, tuşlikda, brifinglarda, kunu-tun iş jarayonida bölamiz, iş haqida öylaymiz va sözlaymiz. Işoning, ayrim loyihalar muhokamasi hatto tuşimda ham davom etgandek böladi. Kompaniyaning kattadan kiçigigaça hammasi fidoyi odamlar. Bu balandparvoz gap emas. Kompaniya iqtisodiy ravnaqi, daromadi, nufuzidan barça barobar manfaatdor. Janob Jyen Çjenfeyaning ğoyat muhim iş yuritiş uslublaridan biri şuki, kompaniya a'zosi, u işçimi, muhandismi, boşqaruvçimi, qaysi lavozimda bölmasin - aksiyador bölişi kerak. Şunda u provard natijadan manfaatdor böladi. Endi unga nasihatning keragi yöq. Hozir Huawei’da 170 mingdan ziyod odam işlaydi. Aktsiyalar ular orasida taqsimlangan. Kompaniya asosçisi janob  Jyen Çjenfeya esa özida 1,4 foiz aksiya qoldirgan xolos.

- Simsiz aloqa va telekommunikatsiya sohasida yetakçi bölib turiş oson bölmasa kerak....

- Albatta. Huawei loyihalari dunyoning 170 ta mamlaktida qöllanilyapti. Lekin biz bu natija bilan töxtab qolmoqçi emasmiz. Yuzdan ziyod poytaxt şaharlarda bizning “Xavfsiz şahar” loyihamiz işga tuşgan. 300 dan ziyod moliya idorasi, avvalo eng yirik va maşhur banklar tizimi, suv kemalari, temir yöl harakati bunday xizmat turidan foydalanmoqda. Birgina 2016 yilda 130 million dona Huawei brendi bilan smartfonlar sotildi. Kompaniyamiz 56 mingta ixtiro litsenziyasini oldi. Dunyoning 16 ta mamlakatida yirik ilmiy markazlar tuzganmiz va ular mahsulotlarimizni takomillaştiriş, yangi loyihalar işlab çiqiş ustida izlanyapti. Biz har yili daromadning 10-15 foizini ana şu ilmiy markazlarga sarflaymiz. 2016 yilda u 7,5 milliard dollarni taşkil etdi. Bu raqamlar ortida ilmiy asoslangan ğoyat maşaqqatli mehnat turibdi.

- Bugun Huawei mahsuloti kirib bormagan, uning xizmatidan foydalanmaydigan Özbekistonda biron xonadon qolmadi.

- Bizning mahsulot yoki xizmatdan dunyoning har uçinçi odami foydalanyapti.

- Şunday ekan, istiqbol rejalari qanday?

- 1999 yilda Özbekiston aloqa va telekommunikatsiya bozoriga kirib keldik. “Yunitel”, “Bilayn”, “Özmobayl” bizning loyihalar asosida işladi. Hozir yurtingizdagi bölinmamizda 300 dan ziyod mutaxassis bor, ularning 75 foizi mahalliy yoşlardir. Maqsadimiz Özbekistonda biznesimizni rivojlantirişgina emas. Toşkent informatsion texnologiyalar Universitetiga otalik yordami körsatamiz. Yangi işlanmalar, yoş olimlar, iqtidorli talabalarni rağbatlantiriş jamğarmasi bor. 200 dan ziyod talaba va mutaxassis Huawei kompaniyasida malaka oşirdi. Bu yildan INHA Universiteti talabalari ham Xitoyda amaliyot ötaydilar. Bundan taşqari, mamlakatingizda stol tennisi, boks federatsiyalarini qöllab turamiz. Hozir esa “Özbektelekom” bilan hamkorlikda juda katta siğimga ega elektron axborot bankini, xalq ta'limi vazirligi bilan elektron ta'lim tizimini yaratmoqdamiz. “Transgaz” tarmoğiga SCADA Telecom loyihasini taqdim etdik. Bularning har biri Özbekiston uçun ahamiyatli loyihalardir.

Özbekiston xorijiy investorlar uçun qulay muhit va qonunçilik asoslarini yaratgan. Qolaversa, dunyoda özbek xalqidek oçiq köngil, mehmondöst odamlarni uçratmaganman. Şuning uçun Huawei Özbekistonda faoliyatini kengaytiriş, hamkorlik tarmoqlarini köpaytiriş niyatida. Har bir işlab çiqariş korxonasini kompyuterlaştiriş, simsiz aloqa axboroti xavfsizligini mustahkamlaş, smartfon, fotoapparat işlab çiqarişni yölga qöyiş, raqamli texnologiyani keng joriy etiş, informatsion texnologiyalar ilmiy markazini oçiş kabi loyihalar ustida işlar olib borilmoqda. Öylaymanki, ularning joriy etilişi Özbekiston iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir qiliş bilan birga aholi turmuş darajasini yanada yuksalişiga xizmat qiladi.

- Kompaniyaning şiori qanday?

- Oçiqlik, döstlik, intiliş. Bu bizni yetaklayotgan ğoyalar. 170 minglik jamoa bir tanu bir jondek işlamasa, bugungi natijaga erişib bölmasdi. Biz har birimizga işonib işlaşimiz kerak. Şuning uçun içki siyosatda oçiqlik prinsipini  tanlaganmiz. Hatto kompaniya boşqaruvida ham şunday. Raisning uçta örinbosari bor va ular navbat bilan olti oydan kompaniyani boşqaradilar.

Insoniy döstlik tuyğusi vujudimizda. Natijadan qoniqmaslik, olğa intiliş muvaffaqiyat kaliti, deb hisoblaymiz.

Dunyo ONLAYN axborot tizimiga ötib boryapti. Biz şunday uslubda axborot  matni va tasvirini uzatadigan smartfonlar işlab çiqarişni beş barobar köpaytirmoqçimiz....

Strategik rejalarimiz kompaniyaning içki xizmat axboroti bölsada, uni özbekistonlik öquvçilar bilan baham körmoqçi böldik.

- Qiziqarli suxbatingiz uçun taşakkur.

- Biz Özbekistondagi islohotlarni qöllab-quvvatlaymiz va ularni amalga oşirişga biroz uluşimiz qöşilişidan baxtiyormiz. Özbekiston Prezidenti janob Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga Davlat taşrifi ğoyat samarali böldi va imzolangan hamkorlik şartnomalarining biri Huawei kompaniyasi bilan ekani bizda faxr uyğotadi. Biz hali birgalikda yanada yuksakroq marralarni egallaymiz.

Suhbatdoş  Muhammadjon Obidov

Toşkent-Pekin-Şençjyen.