Xitoyning Huawei kompaniyasi özining yangi qurilmalari, jumladan, Mate 80 turkumidagi smartfonlarining global taqdimoti ötkazilişini e’lon qildi.
Xabar qilinişiça, taqdimot 26 fevral kuni Madrid şahrida bölib ötadi.
Mate 80 turkumidan Mate 80, Mate 80 Pro, Mate 80 Pro Max va eksklyuziv Mate 80 RS Ultimate Design modellari örin olgan. Uşbu turkum Xitoyda ötgan yil noyabrda taqdim etilgandi.
Hozirça barça modellar xalqaro bozorda sotuvga çiqariladimi-yöqmi — aniqmas, lekin Mate 80 Pro taqdimotning asosiy qurilmasi bölişi kutilmoqda.
Mate 80 Pro 6,75 dyuymli LTPO OLED displey (FHD+ aniqlik, 120 Gs yangilaniş çastotasi) bilan jihozlangan. Qurilma Kirin 9030 çipseti asosida işlaydi va 5750 mAs siğimli akkumulyatorga ega. Tezkor quvvatlaş közda tutilgan — sim orqali 100 Vt va simsiz 80 Vt.
Kameralar bloki 50 Mp asosiy sensor, 48 Mp periskopik modul va 40 Mp ultrakeng obektivni öz içiga oladi.
Smartfondan taşqari, Huawei FreeBuds 5 Pro simsiz quloqçinlari, Watch GT Runner smart-soati, MatePad Mini planşeti va Band 11 fitnes-brasletlarini ham taqdim etişi mumkin.












