17 yildan beri farzand körişni orzu qilgan amerikalik oilada birvarakayiga 6 farzand dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Washington Post naşri.
Virginiya ştatidagi Riçmond şahrida yaşovçi nigeriyalik muhojirlar Ajibola va Adeboyya Tayvo 11 may kuni birvarakayiga 3 öğil va 3 qizli bölişdi. Keserça kesiş bilan ötgan tuğuruqni 40 şifokordan iborat brigada qabul qildi.
Şifokorlarning aytişiça, homiladorlikning 30-haftasida dunyoga kelgan egizaklar "özlarini yaxşi his qilmoqdalar va rivojlanişda davom etmoqdalar", biroq hozirça intensiv davolaniş palatasida şifokorlar kuzatuvida qolmoqdalar. Ular qaçon çiqarilişlari muddati noaniq.
Egizaklarning onasi ötgan haftada şifoxonadan çiqarilib yuborilgan. Tibbiy muassasa vakilining aytişiça, ona farzandlarini parvarişlaşni ta'minlaş bilan maşğul.

Çaqaloqlardan eng kiçigining vazni tuğilganda 500 gramm, eng kattasiniki esa 1 kg dan sal köproq bölgan.
"Umid qilamanki, farzandlarimdan eng kiçigi katta bölganda "onajon, qarang men qanday mittigina edim va hozir qanday katta bölib ulğaydim" deya oladi", deb aytdi baxtli ona. Uning na özi, na turmuş örtoği va na şifokorlar matbuot bilan töğridan-töğri muloqot qilmayaptilar.
Birvarakayiga 6 farzandning dunyoga kelişi kamdan-kam uçraydigan holatdir. Bu qahramonlarimiz tuğilgan şifoxonada bu birinçi holat bölgan. Ma'lum qilinişiça, 2015 yilda AQŞda 4 mln çaqaloq tuğilgan bölsa, tuğuruqlardan 24 tasida 4 va undan köproq bola dunyoga kelgan.












