Avtomobilni turargohga joylaş - boşlovçi haydovçilar kurslari dasturidan örin olgan ilk maşqlardan biri. Biroq bu jarayonni maşina içidagi yoki taşqaridagi avtomatlaştirilgan tizimga işonib bölarmikan? Stan – Fransiyaning Stanley Robotics kompaniyasi muhandislari tomonidan işlab çiqilgan, avtomobilni joylaştiriş jarayonini ança yengillaştiruvçi noyob robot. Robot turargohga kirişda avtomobilingizni olib, uni böş joyga joylaştiradi.

Stan maxsus platforma yordamida avtoni yerdan biroz kötaradi. Avtomobil egasi mobil ilova yordamida oldindan turargohdan joy band qilişi, şuningdek u joyni qaçon tark etişni rejalaştirayotganini belgilab qöyişi mumkin, şunda robot kiraverişda avtomobilni egasiga taxt qilib qöyadi. Bunday robotlar faoliyatining samarasini oşiriş uçun biryöla bir neça şunday avtomatlar işlaşi mumkin.

Stanley Robotics kompaniyasiga 2015 yilda asos solingan bölib, yaqinda u bir neça yirik sarmoyaçilardan öz loyihalari rivoji uçun köp millionli investitsiyalarga ega böldi. Bugungi kunda Stan Parijning Şarl de Gol aeroportida maşinalarni turargohga joylovçi bölib işlaydi. Aynan şu yerda robot odamlarga vaqtni tejaş va asablarni asraşga samarali kömak beradi. Ayniqsa reysga keçikayotganlar uçun bu ayni muddao. Safardan qaytişda esa yölovçilar avtoturargohining kiriş qismida avtomobil egasini kutib turgan böladi.