Hongkong terma jamoasining sobiq futbolçisi Li Vey Men savdo markazida talonçilik qurboniga aylandi. South China Morning gazetasida xabar berilişiça, u 8 million Hongkong dollari (1 mln AQŞ dollari) miqdoridagi quyma oltinlar solingan çamadonini öğirlatgan.
Hodisa 43 yoşli sobiq futbolçi Hongkong markazidagi Fortune Metropolis mall savdo markazida ekanida sodir bölgan. Talonçilar unga piçoq bilan hamla qilib, çamadonni olib qöyişgan.
Çamadonda 24ta quyma oltindan taşqari, 10 million iyena (89 ming AQŞ dollari) miqdoridagi kupyura ham bölgan.
Hujum vaqtida Li Vey Men yuzidan jarohatlangan.
Talonçilar voqea joyidan qoçib ketişgan. Hongkong politsiyasi tekşiruv işlarini boşlagan, hozirça jinoyatçilarni izi topilmayapti.
Li Vey Men 1993—2006 yillar davomida Hongkong terma jamoasi şarafini himoya qilgan va 68ta uçraşuvda iştirok etgan. U 2007 yilda faoliyatini yakunlagaç, mahalliy klublardan birida murabbiy bölgan, şuningdek, Hongkong TVda şarhlovçi bölib işlagan.












