Hongkong tergovçilari ötgan yili 168 kişi hayotiga zomin bölgan turar joy majmuasidagi yirik yonğin işi böyiça yetti kişi va ikki yuridik şaxsga ayblov e’lon qildi.

Associated Press xabariga köra, ayblanuvçilar orasida binoda ta’mirlaş işlarini olib borgan quriliş kompaniyasi rahbariyati ham bor. Ularga jami 25 ta modda, jumladan, yonğin bilan bevosita boğliq bölmagan jihatlar: pul yuviş va soliq tölamaslik böyiça ham ayblovlar qöyilgan. Navbatdagi sud majlisi sentabr oyida bölib ötadi.

Yonğin 2025 yil 26 noyabr kuni Taypou tumanidagi Wang Fuk Court turar joy majmuasida sodir böldi. Dastlab binolardan birining taşqi tomonida joylaşgan bambuk yoğoçlari va quriliş töri yonib ketdi. Yonğin tez tarqalib, boşqa uylarni ham qamrab oldi.

Fojiada 168 kişi halok böldi. Majmuada qariyb 2 ming xonadon bölib, ularda 4,8 mingga yaqin kişi, jumladan, köplab keksalar istiqomat qilgan. Majmua 1980-yillarda qurilgan.