Miçigan ştatida yaşovçi Muhammad Bazziy uni aldab ikki marta çöçqa göştidan tayyorlangan kolbasa qöşilgan pitssa sotgan pitstseriyaga qarşi da'vo işi oçdi va kompensatsiya sifatida 100 million dollar talab qildi. Gap şundaki, u pitstseriya xodimlaridan taomni tayyorlaşda çöçqa göştidan foydalanmaslikni söragan. Detroit Free Press şu haqida xabar berdi.
Da'vogar Little Caesars pitstseriyalar tarmoğiga ikki marta pitssa buyurtma qilgan. Mart oyida u "halol" belgisi qöşilgan taom xarid qilgan. Manbada ma'lum qilinişiça, Bazziy va uning turmuş örtoği faqat uni totib körgaçgina çöçqa göştidan tayyorlangan pepperoni tanovul qilayotganliklarini anglab yetişgan. Bazziyning özi ilgari pitstseriyada işlagani va şu bois aynan çöçqa göştidan tayyorlangan pepperonini yaxşi farqlay olişini aytgan. Ğazablangan erkak politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan.
Bazziy ikkinçi marta pitssaga buyurtma berganida unda yana çöçqa göşti ta'mi bölgan. Restoran menejyeri Bazziyning e'tiroziga javoban göyoki xaridorning özi "halol" belgisini yopiştirişni talab qilganini aytgan, biroq Bazziyning advokati Majid Muğniy bu ayblovlarni rad etgan.
"Halol çöçqa degan tuşunça yöq. U islomda umuman taqiqlangan", - deydi advokat.
Advokat da'vo işini guruh darajasiga kötarmoqçi. Manbada ta'kidlanişiça, 2011 yilda ana şunday da'vo işi McDonald's tarmoğiga 700 ming dollarga tuşgan edi. Restoran mijozlarga nohalol tovuqni taqdim etgan.












