AQŞning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Donald Trampning prezidentligi şarmandalik va impiçment bilan tugaşi mumkinligini aytdi. Klinton bunday fikrni Massaçusets ştatidagi Uellesli-kollej talabalari bilan uçraşuvda bildirib ötdi.
Klinton Trampning nomini aytmay turib, uning prezidentligi "unga qarşi tergovni olib borgan odamni öz lavozimidan çetlatgandan keyin adolatga qarşilik körsatişi sababli şarmandalik va impiçment bilan tugaşi mumkinligini" aytgan.
Klinton öz nutqida Federal qidiruvlar byurosining sobiq direktori, 9 may kuni Tramp tomondan öz lavozimidan böşatilgan Jyeyms Komini nazarda tutgan.












