"Monako" yarim himoyaçisi Bernardu Silva "Mançester Siti"ga ötdi. Bu haqda şaharliklar rasmiy sayti ma'lum qildi. Hozirda şartnoma muddati oşkor qilinmadi.
Portugaliyalik futbolçi yangi jamoada 20-raqam ostida töp suradi.

Avvalroq Silvaning transferi "Siti" uçun 60 mln funt sterlingga tuşişi haqida ma'lumotlar paydo bölgandi. Ötgan mavsumda futbolçi "Monako" tarkibida 58ta uçraşuvda maydonga tuşib, 11ta gol va 12ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.










