Xitoyning Çjençjou şahri örta poğona sudi Tyantszin şahrining Xalq siyosiy maslahatlaşuv kengaşi raisining sobiq örinbosari, şaharning jamoat xavfsizligi boşqarmasi sobiq boşliği U Çanşunni ijro etilişi ikki yil ortga suriladigan ölim jazosiga va şaxsiy mulkini musodara qilişga mahkum qildi. Sina axborot portalining ma'lum qilişiça, u umumiy qiymati 80 mln dollarlik korrupsiya jinoyatlarida aybdor deb topilgan.
Çiqarilgan hukmga köra, U Çanşun umrbod siyosiy huquqlardan mahrum qilindi. Agar ikki yil ötib, ölim jazosi umrbod qamoq jazosiga almaştirilsa, U Çanşunga çiqarilgan hukm özgarişsiz qoladi va u şartli-muddatdan avval ozodlikka çiqiş yuzasidan ariza bera olmaydi.
Sud ayblanuvçini davlat mablağlarini özlaştiriş va sarflab yuboriş, pora oliş, öz manfaatlari yölida qonunni pisand qilmaslik va öz xizmat vakolatidan şaxsiy maqsadlarda foydalanişda aybdor deb topdi.
Sud materiallariga köra, sudlanuvçi turli davlat lavozimlarini egallagan vaqtda özining nazoratidagi kompaniyalar orqali 342 mln yuan (49,8 mln dollar) miqdoridagi davlat mablağlarini noqonuniy özlaştirgan. U, şuningdek, şaxsiy maqsadlarda 101 mln yuan (14,7 mln dollar) davlat mablağlarini işlatib yuborişda aybdor deb topildi. Bundan taşqari, Çanşun turli idoralar va boşqarmalardagi mutasaddi şaxslarga pora bergan.
Ta'kidlanişiça, U Çanşun tergov bilan faol hamkorlik qilgan hamda boşqa jinoyatlarning oçilişiga yordam bergan körsatmalar bergan. U sud zalida hukmga roziligini va sud qarori ustidan şikoyat qiliş niyatida emasligini aytgan.











