Bugun 27 may kuni Angliya, Ispaniya hamda Germaniyada kubok öyinlari ötkaziladi.
“Ayntraxt Frankfurt” – “Borussiya Dortmund” 27 may, 23:00 (Toşkent)
Finalga yöl
“Ayntraxt”finalga çiqiş uçun ança ter tökdi. Jamoa ötkazgan 5ta bahsning 3tasida penaltilar seriyasi orqali ğoliblikka erişdi. Jamoa “Magdeburg”, “Ingolştadt”, “Gannover” “Arminiya” hamda “Borussiya Myonxengladbax” ustidan ğalaba qozonib finalga çiqdi.
“Borussiya” ham final yöllanmasini qölga kiritiş uçun öyinlarda ikki bor penaltilar seriyasida “omadini sinab kördi”. Dortmundliklar “Ayntraxt Trir”, “Union”, “Herta”, “Şportfroynde Lotte” hamda “Bavariya”ni mağlub etib, finalga çiqişdi.
Özaro öyinlar

Bundesligadagi öyinlarda jamoalar öz uyida ğalabaga erişişga muvaffaq bölişdi. “Borussiya” öz uyida 3:1 hisobida ğalaba qozongan bölsa, “Ayntraxt” öz maydonida 2:1 hisobidagi ğalabani qölga kiritdi.
Taxminiy tarkiblar

Öyinni ötkazib yuboradigan futbolçilar
“Ayntraxt” tarkibida Volf, Maskarel, Xasebe hamda Ştendera ötkazib yuboradi. Ordenezning öyindagi iştiroki esa söroq ostida turibdi.
“Borussiya” safida Vaygl hamda Larsen öyidnda iştirok eta olmaydi. Gyottse, Pişçek, Şmeltser hamda Şyurrlening finaldagi iştiroki söroq ostida turibdi.
“Arsenal” – “Çelsi” 27 may, 21:30 (Toşkent)
Finalga yöl
Jamoalar musobaqani 1/32 finalidan boşladi.
“Arsenal” final yöllanmasini “Preston", "Sauthempton", "Satton Yunayted", "Linkoln Siti"va "Mançester Siti"ni taslim etib qölga kiritdi. Jamoa 5ta öyinda raqib darvozasiga 16ta gol kiritib, öz darvozasidan ikki bor töp ötkazib yubordi.
“Çelsi” finalga "Peterboro Yunayted", "Brendford", "Vulverhempton", "Mançester Yunayted" va "Tottenhem" jamoalarini mağlub etib çiqdi. “Çelsi” esa 5ta öyinda raqiblar darvozasini 15 marotba işğol qilgan bölsa, öz darvozasidan 3ta gol ötkazib yubordi.
Özaro öyinlar

Jamoalar uşbu mavsumda 2 marotaba özaro töqnaş kelib, 1tadan uy öyinidagi ğalabani qayd etişdi. “Arsenal” Aleksis Sançes, Teo Uolkott hamda Mesut Özilning gollari evaziga 3:0 hisobida ğalaba qozongan bölsa, “Çelsi” 3:1 hisobida ğolib çiqqan öyinda Markos Alonso, Eden Azar va Sesk Fabregasning gollariga kanonirlar tarkibida Olive Jiru 1ta gol bilan javob qaytardi.
Taxminiy tarkiblar

Öyinni ötkazib yuboradigan futbolçilar
“Arsenal” tarkibida Gibbs, Koselni, Paulista hamda Reyne öyinni ötkazib yuborişi aniq bölsa, Mustafi hamda Çemberlenda finalda maydonga tuşiş uçun imkon bor.
“Çelsi” tarkibida öyinda iştirok eta olmasligi aniq futbolçilar yöq. Faqatgina Loftus-Çik final öyinida iştirok eta olmasligi mumkin.
“Barselona” – “Alaves” 28 may, 00:30 (Toşkent)
Finalga yöl
Ispaniya kubogi joriy mavsum sönggida jamoani tark etadigan kataloniyaliklar boş murabbiyi Luis Enrikega mavsumni sovrin bilan yakunlaş uçun sönggi imkon böladi.
"Barselona” finalga “Herkules”, “Atletik Bilbao”, “Real Sosedad” va “Atletiko Madrid” ustidan ğalaba qozonib çiqdi. “Alaves” esa “Himnastik”, “Deportivo”, “Alkorkon” va “Selta”dan ustun kelib, final yöllanmasini qölga kiritdi.
Özaro öyinlar

Jamoalar uşbu mavsumda La-Liga doirasida özaro kuç sinaşib, har ikki öyinida ham mehmonlar ğalaba qozongan. 1-davrada “Barselona” “Nou Kamp”da “Alaves”ga 1:2 hisobida mağlub bölgan bölsa, 2-davra öyinida mehmonda raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi.
Taxminiy tarkiblar

Öyinni ötkazib yuboradigan futbolçilar
“Barselona” tarkibida uçraşuvni Rafinya, Serxi Roberto hamda Luis Suares ötkazib yuboradi. Şuningdek, Jyeremi Matyoning ham maydonga tuşişi söroq ostida.
“Alaves” tarkibida Eynar Galilea hamda Viktor Laguardiya finalda jamoasiga yordam bera olmaydi. Şuningdek, Serxio Lyamas va Rodrigo Elining finaldagi iştiroki borasida aniqlik kiritilmagan.












